21-iyul, juma kuni Eron janubidagi Kangan portida kuchli yong‘in yuz berib, 13 ta savdo kemasi, shuningdek, 12 ta baliqchilik shxunasi (kichikroq yelkanli kema) va sayr qilish katerini yo‘q qildi, deb yozadi “TASS” Busher viloyati portlar va kemachilik boshqarmasi rahbari Muhammad Mehdi Panjariyga tayanib.
“Pirsga bog‘lab qo‘yilgan kemalardan birida suvni tortib chiqaruvchi nasos yonib ketgan. Alanga tezkorlik bilan butun pirs bo‘ylab tarqalgan. Xayriyat, odamlar orasida qurbonlar bo‘lmadi, chunki kemalarda ekipajlar bo‘lmagan”, — dedi mansabdor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jiddiy moddiy ziyon yetkazilgan, u dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qariyb 80 milliard Eron rialiga teng (2 million dollardan ziyod).
IRNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in chog‘ida Kangan pirsiga 200 dan ortiq suzish vositalari bog‘langan bo‘lgan. Olovni o‘chirish paytida (bu bir necha soat davom etgan) sakkiz kishi kuygan va tutun gazidan zaharlangan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)