AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi Shon Spayser iste’foga chiqdi. Bu haqda, The New York Times gazetasiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Spayser ishdan bo‘shashiga sabab biznesmen Entoni Skaramuchchi Oq Uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlanishidan noroziligi bo‘ldi.
Tramp Spayserga ishni davom ettirishni taklif qildi, ammo u Skaramuchchini katta xato deb hisoblashini ta’kidladi va qarorini o‘zgartirmadi.
Izoh (0)