Fransuz deputatlari parlament yig‘ilishlarida kostyum va bo‘yinbog‘siz ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu masalani maxsus ko‘rib chiqqan parlament quyi palatasi — Milliy majlis byurosi shunday qaror qabul qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Majlislar zalida bo‘yinbog‘ va kostyumda bo‘lish majburiy emas”, — deya xulosa berdi byuro.
Qonunchilik assambleyasiga ko‘plab yangi deputatlar kelgani shunday aniqlik kiritishni talab qilgani bildirilmoqda.
Iyunda bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra Milliy majlis o‘z tarixidagi eng katta yangilanishga duch keldi — tarkibning uchdan ikki qismi o‘zgardi. Yangi “Bo‘ysunmas Fransiya” fraksiyasi deputatlari esa parlamentga bo‘yinbog‘larsiz keldi.
Izoh (0)