AQSh prezidenti Donald Trampning yurist va yordamchilari Rossiya prezidentlik saylovlariga aralashganligini tekshirayotgan maxsus prokuror Robert Myuller faoliyatini o‘rganadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
The New York Times nashriga ko‘ra, Trampning odamlari Myuller AQSh Demokratlar partiyasiga homiylik qilgan yoki yo‘qligini aniqlash, shuningdek, FQBning sobiq rahbari Jeyms Komi bilan aloqalarini o‘rganish niyatida.
Tramp ma’muriyati a’zolari prezidentga qarshi tekshiruv olib borayotgan kishilarda manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)