Yuzlab arablar e’tiroz ramzi o‘laroq Quddus ko‘chalarida juma namozini o‘qidi. Xavfsizlik choralari ro‘kach qilingan holda Ibodatxona tog‘ida, al-Aqso masjidida namoz o‘qilishining man etilishi bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Quddusning arablar istiqomat qiluvchi tumanlarida yosh musulmonlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga kirishib ketdi.
Namoyishchilarga qarshi maxsus vositalar qo‘llandi. Musulmonlar ularga toshbo‘ron bilan javob berdi. Namoyishchilarni tarqatishga otliq politsiya va suv o‘t o‘chirish mashinalari jalb qilindi.
O‘tgan hafta uch jangari Ibodatxona tog‘ida ikki politsiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Ibodatxona tog‘iga chiqish uchun metall aniqlovchi romlardan o‘tish talab etiladi. Bundan tashqari, elikka to‘lmagan musulmonlarga al-Aqsoda namoz o‘qish taqiqlandi.
Izoh (0)