28 nafar turk harbiylaridan iborat oltinchi guruh 20-iyul, payshanba kuni Dohadagi harbiy bazaga yetib keldi, deb xabar berdi “TASS”.
Anadolu agentligi Turkiya harbiy xizmatchilarni Qatarga joylashtirish ishini yakunlaganini ma’lum qildi.
Amirlikda qancha Turkiya askarlari borligi ma’lum qilinmagan.
Qatarda Turkiya harbiy bazasini tashkil qilish 2014-yilda imzolangan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bitimida ko‘zda tutilgan edi.
Bir nechta arab davlatlari Doha bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatgach, ular tomonidan inqirozdan chiqish yo‘li sifatida talablar ro‘yxati tuzilgan edi. Ular orasida Qatarning Turkiya bilan harbiy aloqalarini to‘xtatish bandi ham mavjud. Biroq ikki mamlakatning rasmiylar harbiy sohadagi bitimga rioya qilish niyatida ekanliklarini e’lon qildi.
Izoh (0)