20-iyul kuni AQSh mamlakatga turli davlatdan uchib keladigan yo‘lovchilar uchun xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirdi, deb xabar berdi “Forum Daily”.
USA Today nashrining yozishicha, yangi qoidalar bo‘yicha sayohatchilarni aeroportlar, transport ma’muriyatlari va aviakompaniyalar xabardor qilgan.
Kanada havo transporti xavfsizligi assotsiatsiyasi sayohatchilarni qo‘shimcha chora-tadbirlar uchun sumkasidagi barcha elektron qurilmalarini olib, yoqib ko‘rsatishlari lozimligi haqida ogohlantirdi. Assotsiatsiya yo‘lovchilarni parvoz boshlanishidan oldin barcha qurilmalarning akkumulyator quvvati to‘la bo‘lishiga chorladi.
Aeroméxico aviakompaniyasi o‘z yo‘lovchilarini AQShga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadigan parvozlar oldidan aeroportga uch soat oldin yetib kelishlari lozimligi haqida ogohlantirdi.
AQSh xavfsizlik departamenti elektron qurilmalar ichiga yashiringan portlovchi qurilmalarni aniqlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar yuzasidan 28-iyunda xabar bergandi.
Yangi xavfsizlik choralari AQShga dunyoning 105 ta mamlakatida joylashgan 280 ta aeroportlarning parvozlarini amalga oshiruvchi 180 aviakompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Agarda aviakompaniyalar hamda aeroportlar yangi xavfsizlik choralarini qo‘llashdan bosh tortsa, ular qo‘lda olib yuriladigan elektron qurilmalar bo‘yicha taqiqqa uchrashi mumkin.
Izoh (0)