Florida — yer o‘pirilishlari bo‘yicha AQShdagi eng xavfli shtat hisoblanadi: uning asosiy qismi karbonatli ohaktoshlardan tashkil topgan. O‘ralarning paydo bo‘lishi bu yerdagilar uchun odatiy holga aylangan. 14-iyul kuni Lend-o-Leyksda rekord darajadagi ulkan o‘ra paydo bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida ikkita uy, qayiq hamda yo‘lning bir qismi yer ostiga kirib ketdi, deb xabar berdi National Geographic.
Mutaxassislarning xabar berishicha, ushbu o‘ra shtat tarixidagi eng katta hisoblanadi. Uning eni 68 metrga, chuqurligi esa 15 metrga teng. Xavfli hudud zonasida yettita bino o‘rin olgan, ularda istiqomat qiluvchilar evakuatsiya qilingan.
Olimlar ko‘plab turar-joy komplekslarini qurishda o‘ralarning paydo bo‘lishi hisobga olinmaganligi bu kabi noxush hodisalarning paydo bo‘lishiga olib kelayotganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)