Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Gretsiyaga 1,6 milliard yevro miqdoridagi navbatdagi transhni ajratish to‘g‘risida “prinsipial kelishuv”ga erishdi. Bu haqda jamg‘arma tomonidan 20-iyul, payshanba kuni tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
“Iqtisodiy tartibga solish dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ‘prinsipial darajada’ kelishuvga erishildi. Bu kelishuv jamg‘arma Yevropadagi sheriklardan Afinaning qarzi iqtisodiy jihatdan mutanosib ekanligi va Gretsiya tomonidan iqtisodiy dastur amalga oshirilayotgani kafolatlarini olganidan so‘ng kuchga kirishini anglatadi”, — deyiladi bayonotda.
Hujjat kuchga kirishi uchun XVJ direktorlar kengashining ikkinchi qarori qabul qilinishi lozim.
Izoh (0)