14-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Peterburgdagi yong‘inda halok bo‘lgan yetti o‘zbekistonlikning ismlari e’lon qilindi. Ularning bari Xorazmdan, bir tumandan. Ikkisi — ota-o‘g‘il. Ular haqidagi axborot viloyat hokimligiga yetkazilgan.
2. Axborot texnologiyalari vaziri Shavkat Mirziyoyevning AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil qilmoqchi. Vazirning o‘zi 1999-yilda AQShda, talabalik chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashgan.
3. Surxondaryoda noto‘g‘ri tashxis sabab bir qiz qo‘lsiz qoldi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi boshqa bir shifokorning mas’uliyatsizligi sabab 2 yoshli go‘dak vafot etgan.
4. “Ko‘k kit” o‘yini AQShda ikkinchi o‘smirning o‘z joniga qasd qilishiga sababchi bo‘ldi. Qurbonlarning biri Jorjiya, ikkinchisi esa Texas shtatida qayd etilgan.
5. Olimlar dunyodagi eng yalqov mamlakatni aniqladi. Stenford universiteti olimlari 111 mamlakatning 717 ming aholisi smartfonlaridagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdi.
Izoh (0)