Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi QVP mudirasining mas’uliyatsizligi oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Foto: Facebook / Erkinjon Turdimov

Foto: Facebook / Erkinjon Turdimov

Xabar berishlaricha, Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida viloyat hokimi, keng jamoatchilik va tibbiyot xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan. Muloqot chog‘ida tumanda yuz bergan bir qator ko‘ngilsiz hodisalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Xususan, tumandagi “Munchoqtepa” qishloq vrachlik punkti mudirasi Salima Choriyevaning o‘z ishiga sovuqqonligi, mas’uliyatsizligi natijasida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumgan.

“Ayni paytda Salima Choriyevani jinoiy javobgarlikka tortish masalasi viloyat prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi Surxondaryo viloyati hokimining Facebook’dagi sahifasidagi xabarda.

Umuman olganda, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Qumqo‘rg‘on tibbiyot birlashmasi tizimidan 29 nafar xodim vazifasidan ozod etilgan, 5 nafar tibbiyot xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilgan. Mazkur choralar aynan qaysi vaqt oralig‘ida ko‘rilganiga xabarda aniqlik kiritilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda