Tailandda o‘tkazilgan ximiya fani bo‘yicha jahon olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda jurnalist Husan Ermatov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, ulardan ikki nafari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi 2-litsey o‘quvchilaridir.
Litsey direktori Ortiqboy Eshonqulovning ma’lum qilishicha, bu litsey o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan 37-medaldir.
Qayd etishlaricha, 80 mamlakat vakillari qatnashgan Tailanddagi ximiya bo‘yicha fan olimpiadasida O‘zbekistondan to‘rt o‘quvchi ishtirok etgan edi.
Izoh (0)