O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayevni qabul qildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston tomoniga soliq ma’murchiligi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan islohotlar haqida axborot berilgan.
Shuningdek, Qozog‘istondagi axborot texnologiyalarining jadal rivoji faoliyatning barcha sohalarini avtomatlashtirishga ko‘mak berishi va zamonaviy davlat kafolati ekani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan, mazkur sohada tajriba almashish maqsadida qozog‘istonlik mutaxassislarning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilingan.
Izoh (0)