Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida AQShda Shavkat Mirziyoyevning o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Vazir AQShdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, shunday yozdi: “Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti sentabrda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyuradi. Shunday ekan, uning o‘sha yerda yashayotgan atoqli o‘zbeklar bilan uchrashuvini tashkil qilmaymizmi? Masalan, men AQShda ta’lim olayotgan chog‘imda, 1999-yilda u yerda Birinchi Prezidentimiz bilan uchrashganim men uchun ajoyib tajriba bo‘lgan. Agar biz shunday uchrashuvni uyushtirsak, bu u yerda yashayotgan hamyurtlarimiz uchun ham esda qolarli hodisa bo‘lardi, deb o‘ylayman.

Buning uchun menga salohiyatli ishtirokchilar ro‘yxatini tuzishda yordam beruvchi ko‘ngillilar kerak. Agar biz u yerda yashayotgan va bunday uchrashuvga qiziqish bildirayotgan ko‘plab atoqli o‘zbeklar (masalan, olimlar, professorlar, doktorlar, biznesmenlar, xalqaro tashkilotlardagi oliy mansabdorlar va boshqa muvaffaqiyatli kishilar, shu jumladan talabalar) ro‘yxatini tuza olsak, men bu g‘oyani Ma’muriyatga yetkazishga harakat qilaman”.

Sherzod Shermatov foydalanuvchilarni boshqa fikr va takliflar bo‘lsa, unga yuborishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentabrida BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka safar qilishi mumkinligi xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?