AQShning Jorjiya shtati Antlanta shahrida asli bolgariyalik 16 yoshli qiz “Ko‘k kit” o‘yinini o‘ynab vafot etdi, deb yozadi Forum Daily.
Qizning akasi uning buyumlari orasidan kit rasmlari va “Ko‘k kit” o‘yiniga ishora qiluvchi rus tilidagi yozuvlarni topib olgan. O‘z joniga qasd qilish holati tekshirilayotgan vaqtda oila boshqa o‘smirlar hayotini qutqarish ilinjida “Ko‘k kit” haqida ma’lumot qidirishda va tarqatishda davom etmoqda.
Qizning yaqinlari aytishicha, u chizishni yaxshi ko‘rgan, quvnoq fe’l-atvorli bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilishidan bir necha kun avval u onasidan tomga chiqishni so‘ragan, ayol keyinroq, bu haqda internetda o‘qib qolganidan so‘ng, bu “Ko‘k kit” o‘yini shartlaridan biri bo‘lganini taxmin qildi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Texas shtatida 15 yoshli o‘spirin vafoti haqida ma’lum qilingan edi. Uning otasi aytishicha, bola o‘z joniga qasd qilish jarayonini mobil telefon orqali internetda translyatsiya qilgan.
Izoh (0)