Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi Turkiya hukumatidan mamlakat hududida yo‘qolib qolgan rossiyalik oila taqdirini aniqlashtirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti” elchixona vakiliga tayanib.
Saratov viloyati fuqarolari — Svetlana Uxanova, uning turmush o‘rtog‘i Yevgeniy Kochaari va qizlarining yo‘qolib qolgani haqida ularning qarindoshlari ma’lum qilgan.
“Elchixona Turkiyaning vakolatli organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslar mamlakat hududida bor yoki yo‘qligini ma’lum qilishni so‘radi. Deportatsiya haqida qaror qabul qilingan taqdirda, biz ularni Rossiya hududiga deportatsiya qilishni iltimos qildik. Elchixona vaziyatni kuzatishda davom etmoqda”, — dedi Rossiya elchixonasi vakili.
Izoh (0)