AQSh prezidenti Donald Tramp Parijga tashrifi chog‘ida Fransiya birinchi xonimi Brijit Makronning qomatini maqtab qo‘ydi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Prezident Emmanuel Makronning Facebook’dagi sahifasiga joylangan videoda AQSh va Fransiya prezidentlari Nogironlar uyidagi qabul marosimidan so‘ng o‘z rafiqalari bilan suhbatlashib turganini ko‘rish mumkin.
“Qaddi-qomatingiz juda yaxshi saqlangan”, — dedi Tramp 64 yoshli Brijit Makronga yuzlanib. U bu gapini Fransiya yetakchisiga ham takrorlab aytdi va yana ayolga qarab uni “go‘zal” deb atadi.
Izoh (0)