AQSh va Iordaniya Suriya muxolifati janubiy fronti guruhlarining Ostonadagi muzokaralar 5-raundida ishtirok etishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda Suriya muxolifati delegatsiyasi rahbari Ahmad al-Bariy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Bu guruhlarga amerikaliklar va Iordaniya qirolligi Ostonadagi muzokaralarga kelish man etilganini hamma bilishi kerak. Buni Suriyani ajratish ko‘rinishlaridan biri sifatida qabul qilamiz”, — dedi delegatsiya rahbari.
Ahmad al-Bariyga ko‘ra, “muxolifat birlashishi va siyosiy qarashlar yakdilligini talab qiladigan AQSh kabi davlat mazkur jarayonga to‘sqinlik qilishi emas, aksincha, ilgari surishi zarur”.
Izoh (0)