30-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. “Kamolot”ning faoliyati tugatiladi. Uning o‘rnini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi egallaydi. Qahramon Quronboyev esa uning raisi etib saylandi.
2. O‘zbekistonda 15-iyuldan gaz tariflari oshiriladi. Yangi narxlar 29-iyun kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
3. 430 mln dollarlik “Toshkent-4” xalqaro terminali qurilishi aholi e’tiroz bildirishi ehtimoli sabab to‘xtatildi. Uning o‘rniga “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida oliy darajadagi mehmonlarni kutib olish uchun aviatsiya majmuasi quriladi.
4. Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanadi. Bu haqdagi taklif O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan.
5. So‘rovnoma: Maktablarda 11 yillik ta’lim tizimi qayta tiklanishiga qanday munosabatdasiz? Mazkur xabar yozilayotgan vaqtda tarafdorlar ulushi 76 foiz edi.
Izoh (0)