Mo‘g‘ulistondagi prezidentlik saylovlarida nomzodlarning hech biri mutloq ko‘pchilik ovoz to‘plamagani sababli g‘olib aniqlanmadi. Endi mamlakatda eng ko‘p ovoz yiqqan ikki nomzod ishtirokida saylovlarning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Birinchi bosqichda sobiq transport vaziri Xaltmaagiyn Battulga eng ko‘p ovozga ega bo‘ldi, biroq saylovchilarning 50 foizdan ortig‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi.
Markaziy saylov komissiyasi byulletenlarni sanash davom ettirilayotgani sababli Battulganing ikkinchi bosqichdagi raqibi nomini oshkor etmadi.
Izoh (0)