Associated Press’ning xabar qilishicha, Pokistonda ag‘darilib ketgan yoqilg‘i sisternasining yonib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 157 kishiga yetdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, yana 50 kishi juda og‘ir ahvolda.
Hodisa Panjob viloyatida 25-iyun, yakshanba kuni ertalab yuz bergan. Mahalliy aholi yo‘lda ag‘darilib ketgan sisternadan oqib chiqayotgan yoqilg‘ini idishlarga quyib olmoqchi bo‘layotgan vaqtda yong‘in boshlangan va portlash yuz bergan.
Jarohatlanganlarning aksariyatida tananing 80 foizidan ortig‘i kuygan. Ta’kidlanishicha, yong‘inning ba’zi qurbonlarini tanishning iloji yo‘q, ularning shaxsini aniqlash uchun genetik ekspertiza talab qilinadi.
Izoh (0)