2017-yil 24-iyunda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimiyatidagi yangi tayinlovlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligining axborot xizmatiga tayanib, UzNews xabar berdi.
Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Alijon Abdullayev tayinlandi. Bu lavozimda u “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan Ulug‘bek Mustafoyevning o‘rnini egalladi.
Bungacha Alijon Abdullayev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, viloyat hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib Botir To‘xtamishev tayinlandi.
Izoh (0)