2017-yil 20-iyun taxminan soat 17:30 da voyaga yetmagan Nizomiddin Abdulxayev o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida kalit tanlash yo‘li bilan o‘zganing uyiga kirgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Nizomiddin Abdulxayev Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan fuqaro Umarbek Baxtiyorovga tegishli xonadon eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 3 million 460 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘larini o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)