O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib, UzNews xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklarning oldini olish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib polkovnik Mahamadali Ismoilov tayinlandi.
Podpolkovnik Rahmidin Nurdinov — Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jonibek Samandarov — Xorazm viloyati patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Izoh (0)