Rossiya musulmonlari jamiyati taklifiga ko‘ra joriy yil Ramazon oyida Chuvashiya Respublikasi, Omsk viloyati, Sibir va Moskvada taroveh namozlarini o‘qib berayotgan o‘zbekistonlik qorilar Qur’on xatmlarini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bedi.
Xatmi Qur’on yakunida Chuvashiya Respublikasida vaqtincha mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida katta iftorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda milliy taom — osh damlanib, yig‘ilganlarga tortiq qilindi.
Iftorlik dasturxoni atrofida qorilar tomonidan Qur’on tilovati qilinib, Qadr kechasining fazilati, Ramazon hayiti, hayit odoblari haqida ma’ruzalar qilindi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborot xizmati.
Qorilar safarni yakunlab, 25-iyunda O‘zbekistonga qaytib kelishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)