Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vladivostokda Rossiya yaxtasini Yapon dengizida Shimoliy Koreya kemasi egallab olgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Hozircha bu axborotni rad eta olmaymiz, tasdiqlay olmaymiz ham. Bu ma’lumotlarni tekshiryapmiz, Rossiyaning KXDRdagi konsulxonasiga so‘rovlarni yubordik”, — dedi Rossiya TIVning Vladivostokdagi vakolatxonasi birinchi kotibi Vladimir Konovalov.
Primorye dengiz qutqaruv-koordinatsiya markazida ma’lum qilishlaricha, yaqinda Yapon dengizining shimoli-g‘arbiy qismida Katalexa yaxtasi Shimoliy Koreya kemasi tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)