Vashington politsiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning to‘qqiz soqchisini hibsga olish uchun order berdi, bu Turkiya yetakchisining Vashingtonga yaqinda uyushtirgan tashrifi chog‘idagi to‘qnashuvlarni tekshirish doirasida amalga oshirildi, deb yozadi “TASS”.
Ushbu ish bo‘yicha mojaroda qatnashgan uch nafar turk politsiyasi ham qidirilmoqda.
“Barchamiz namoyishchilarga qarshi qo‘llanilgan zo‘ravonlik guvohi bo‘ldik. Biz bunga ko‘na olmaymiz”, — dedi politsiya vakili Piter Nyusxem.
16-may kuni Turkiyaning AQShdagi elchisi qarorgohi yonida (u yerda o‘sha paytda Erdo‘g‘on bo‘lgan) Anqaradagi joriy hukumat dushmanlari va tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Oqibatda to‘qqiz kishi jabrlandi. Vashington politsiyasi Erdo‘g‘on xavfsizlik xizmatining to‘qnashuvlarda qatnashgan xodimlariga nisbatan ayblov e’lon qilish niyatini bildirdi.
Izoh (0)