Ostona prokuraturasi firibgarlikda ayblanayotgan ayolni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi, deb xabar berdi Kazakhstan Today nashri.
“2017-yilning 31-mart kuni Ostona shahri hududida 1967-yilda tug‘ilgan, firibgarlik sodir etganligi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olindi. №2 raqamli Olmaota sudi, prokurorning rasmiy so‘roviga binoan ayolga nisbatan ekstraditsiya hibsini qo‘lladi. Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi Minsk konvensiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hibsdagi fuqaro bo‘yicha yuborgan talabini qondirdi. Ayni vaqtda ayol O‘zbekistonga jo‘natilishi uchun Ostonaga yuborildi”, — deya aniqlik kiritdi prokuratura matbuot xizmati.
Izoh (0)