Rossiya Tergov qo‘mitasi Privoljsk transportda tergov boshqarmasi Boshqirdistonda poyezd tomi ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan 16 yoshli qizning jarohatlanishini tekshirmoqda. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa 12-iyun kuni tushki payt Yanaul bekatida ro‘y berdi. O‘smir qiz suratga tushish uchun yuk poyezdi tomiga chiqqandi.
“Qiz suratga tushishga ulgurmadi, chunki 27 ming volt kuchlanishdagi elektr toki zarbasini oldi. Tanasining 90 foizi kuyib, jonlantirish bo‘limiga jo‘natildi. Qizning hayoti uchun shifokorlar kurashmoqda, biroq uning holati o‘ta og‘ir deb baholanmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)