AQSh davlat departamenti 12-iyunda nishonlangan Rossiya milliy bayrami munosabati bilan rasman tabrik yo‘llamadi, deb yozadi “TASS”.
Amerika tashqi siyosiy idorasi aniqlik kiritishicha, Donald Trampning yangi ma’muriyati “rasmiy qutlovlar tegishli poytaxtlardagi AQSh elchixonalari orqali yuboriladigan yangi yondashuv”ni joriy qilgan.
“Biz endi tabriklarni press-relizlar sifatida tarqatmaymiz, — dedi matbuot xizmati xodimi. — Ammo biz ularni saytimizga joylaymiz. Rasman esa ular elchixonalarimiz orqali jo‘natiladi”. “O‘zimiz ularni tarqatmasak-da, qabul qilib oluvchi mamlakat buni qilishiga qarshi emasmiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Matbuot xizmatidagilar Rossiya kuni munosabati bilan qutlov Moskvadagi elchixona orqali yuborilgan-yuborilmaganini darhol ayta olmadi, ammo buni aniqlashtirishga va’da berdi.
Izoh (0)