AQSh senatorlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yanada kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini kelishib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qonun loyihasi AQSh prezidentining Rossiyaga nisbatan cheklovlarni bo‘shashtirishga qaratilgan har qanday tashabbusi Kongress tomonidan ma’qullanishi lozimligi haqidagi tartibni o‘z ichiga oladi. Bu Oq uyning sanksiyalar masalasida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini cheklaydi.
Senatorlar Rossiyaga qarshi yangi choralarni (ular tog‘-kon, metallurgiya, temir yo‘l transporti va kemasozlikka taalluqli) Eronga nisbatan sanksiyalar haqidagi qonun loyihasiga kiritish haqida kelishib oldi.
Mazkur qonun loyihasi joriy haftada ovozga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)