Bangladesh janubi-sharqida ko‘chkilarga sabab bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 111 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq 77 kishi qurbon bo‘lgani bildirilgandi.
Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Mahalliy aholi uylaridan ko‘chirilmoqda.
Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Izoh (0)