Isroil maxsus xizmatlari IShID portlovchi modda to‘ldirilgan va samolyotlarda teraktlar uyushtirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan noutbuklarni yaratishga kirishganini aniqladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
The New York Times nashriga ko‘ra, bunday ma’lumotlarni Isroil xakerlari IShID kompyuter tarmog‘ini buzib, qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin.
Terrorchilar portativ kompyuterlar batareyasiga o‘xshash ishlangan portlovchi qurilmani yaratdi. Ularni aeroportdagi rentgen apparatlari aniqlashi mushkul va xavfsizlik xizmatlarida shubha uyg‘otmaydi.
Aynan gadjetlardagi portlovchi moddalar haqidagi ma’lumotlar AQSh rasmiylari mamlakatga Turkiya, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada aeroportlaridan yo‘l oladigan samolyotlar bortida noutbuklar va boshqa elektron qurilmalar olib o‘tishni man etishiga sabab bo‘ldi.
Keyinchalik Buyuk Britaniya rasmiylari ham shunday cheklovlarga qo‘l urdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)