2016-yilning noyabrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli qurilish tashkilotlari tomonidan boshlangan “Yunusobod” yo‘lining “Shahriston” va “Turkiston” bekatlarigacha bo‘lgan masofadagi qurilish ishlari davom etmoqda.
Ikki bekat oralig‘idagi jami masofa 2,7 kilometrni tashkil qiladi. Jarayonni amalga oshirishda 50 dan ortiq zamonaviy texnika va 200 nafardan ziyod ishchi kuchidan foydalanilmoqda. Loyiha bo‘yicha qurilish ishlari ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, quruvchilar uni muddatidan oldin nihoyasiga yetkazishlarini ma’lum qilgan.
Mavjud ikkita shaxta va tunnelda qurilish ishlari avj pallaga kirgan. Quruvchilar elektrlashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratib, zamonaviy yer osti yo‘li barpo etishga intilmoqda. Ayni paytda metro yo‘nalishlarida foydalaniladigan vagonlar “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida tubdan ta’mirlanmoqda, yangilari ishlab chiqarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bekatlar qurilish ishlarini yakunlash O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yilning sentabr oyidagi topshirig‘i bo‘yicha tuzilgan reja asosida ketmoqda.
Izoh (0)