Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini qurish loyihasi bilan tanishgani, shuningdek, Payariqdagi arzon uylar qurilishi hamda tumandagi paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirgani haqida xabarlar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 10-iyun kuni Samarqandda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Izoh (0)