O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Payariq tumanidagi “To‘polos” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Prezident bu yerda fermer va dehqonlar bilan suhbatlashgan, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqqan.
“Prezident paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Payariq tumanidagi arzon uy-joylar qurilishi loyihalari bilan tanishgani, shuningdek, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgani haqida xabarlar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 10-iyun kuni Samarqandda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Izoh (0)