AQSh sobiq prezidenti Barak Obama sakkiz yil davomida tadbirlarga bir xil smoking va bir xil oyoq kiyimning o‘zini kiyib borgan. Bu haqda uning rafiqasi Mishel Obama gapirib berdi, deb yozadi Daily Mail.
Sobiq birinchi xonim Apple kompaniyasi Kaliforniya shtati San-Xose shahrida o‘tkazgan WWDC 2017 konferensiyasida nutq so‘zladi. Savollardan biriga javob berar ekan, u omma doimo uning liboslaridan ayb topishga uringani, ammo turmush o‘rtog‘ining doim bir xil bo‘lgan kostyumiga e’tibor qaratmaganidan nolidi.
“U bundan g‘ururlanardi ham, — dedi Mishel Obama. — ‘Mana men kiyinib bo‘ldim. Bor-yo‘g‘i o‘n daqiqada. Sen nimaga buncha uzoq qolib ketding?’ derdi. Men esa ‘Hazillashyapsizmi?’ deb qolardim”.
Izoh (0)