IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyaning Dayr-az-Zorning turar joy mavzelarini minomyotlardan o‘qqa tutdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan.
“RIA Novosti”ning hodisadan boxabar manbasi taqdim etgan axborotga ko‘ra, o‘qqa tutish natijasida yaralanganlar soni “juda ko‘p”.
Suriya hukumat kuchlari hozirda Dayr-az-Zor shahrining faqat yarmini nazorat qilmoqda. Hududida ham harbiylar, ham tinch aholi vakillari bo‘lgan shahar uch yildan beri IShID tomonidan qamal qilinmoqda.
Shahar ta’minoti qo‘shni al-Xaseke viloyatidan uchib keladigan vertolyotlar yordamidagina amalga oshiriladi, xolos.
Izoh (0)