Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya huquq-tartibot organlari Parij va Bordo shaharlaridagi antiterror operatsiyasi davomida 6 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda BFMTV telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 29-may kuni boshlangan operatsiya 30-may kuni tongda davom etdi. Operatsiya chog‘ida ikki ayol va to‘rt erkak ushlandi.

Qo‘lga olinganlar odamlarni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqqa aloqador bo‘lgan. Ulardan biri, 48 yoshli erkak ilgari Guantanamo turmasida 8 yillik jazo muddatini o‘tagani xabar qilinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)