AQSh prezidenti Donald Tramp telefon suhbati chog‘ida Filippin yetakchisi Rodrigo Dutertega KXDR qirg‘oqlari yaqiniga joylashtirilgan Amerikaning ikkita atom suvosti kemalari haqida gapirib berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda USA Today suhbat stenogrammasiga tayanib xabar berdi.
“U yerda bizning jangovar kuchlarimiz ko‘p. Dunyodagi eng yaxshi ikkita submarina, ammo biz ulardan foydalanishni xohlamasdik”, — dedi Amerika yetakchisi.
Tramp KXDR rahbari Kim Chen In “telba” bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi va Pekin ham Pxenyanga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi.
Izoh (0)