Braziliya prezidenti Mishel Temer davom etayotgan g‘alayonlar sababli armiyaga poytaxtda tartibni tiklashga buyruq berdi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi.
Poytaxt Braziliadagi ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilari Temerning iste’fosini talab qilmoqda. Tartibsizliklar tufayli politsiya maxsus vositalar qo‘llashga majbur bo‘ldi, namoyishchilar bunga barrikadalar qurish bilan javob berdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vazirligi binosi yoqib yuborilgani haqida xabar berildi. Rasmiylar davlat xizmatchilarini vazirliklar joylashgan hukumat dahasidan ko‘chirishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)