Manchesterdagi teraktda gumon qilinayotgan Salmon Obidiyning uyidan bomba ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan portlovchi moddalar topildi. Bu haqda ABC manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Britaniya politsiyasi va maxsus xizmatlari shahardagi aksilterror operatsiyasi davomida teraktlarni davom ettirish uchun mo‘ljallangani taxmin qilingan portlovchi moddalarni ham aniqladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Liviya poytaxti Tripolida maxsus xizmatlar manchesterlik xudkush Salmon Obidiyning otasi va ukasini hibsga olgandi.
Izoh (0)