Liviya poytaxti Tripolida maxsus xizmatlar manchesterlik xudkush Salmon Obidiyning otasi va ukasini hibsga oldi. Bu haqda Reuters mahalliy huquq-tartibot organlari vakiliga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Xudkushning otasi Ramazon Obidiy o‘z uyida qo‘lga olindi. Keyinroq huquq-tartibot kuchlari Tripoli ko‘chalarida yana bir necha kishini hibsga oldi, ularning orasida xudkushning ukasi Hesham Obidiy ham bo‘lgan.
Aksilterrorchilik xizmatlari uni IShIDga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bundan tashqari, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Hesham akasidan mablag‘larni qabul qilib olgan.
Bundan tashqari, Manchesterda Manchester Arena’dagi portlash haqidagi ishning oltinchi figuranti hibsga olindi. Politsiya ismi hozircha noma’lum bo‘lgan ayol kishini qo‘lga oldi. Avvalroq esa Manchesterda Salmon Obidiyning boshqa ukasi, 23 yoshli Ismoil ushlangan edi.
Izoh (0)