IShID jangarilari 24-may, chorshanba kuni Somali hududida birinchi teraktni amalga oshirdi. Bu haqda AFP ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hind okeani qirg‘og‘idagi Bosaso shahrida terrorchi-xudkush o‘zini politsiya blokposti yaqinida portlatib yubordi. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi yaralandi.
“Xavfsizlik xizmati xodimlari shubhali ko‘ringan kishini to‘xtatdi, u xodimlar yaqinlashganda o‘zini portlatib yubordi. Bir nafar harbiy va 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi”, — deydi Somali politsiyasi vakili Muhammad Adan.
Izoh (0)