Manchester politsiyasi Manchester Arena stadionidagi teraktga aloqadorlikda gumonlanayotgan beshinchi kishini qo‘lga oldi. Bu haqda shahar politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Oldinroq mazkur terakt surishtiruvi doirasida 3 kishi hibsga olingani bildirilgandi.
Qo‘lga olingan erkakda qandaydir paket bo‘lgan. Hibsga olish Manchesterdan 27 kilometr g‘arbdagi Uigan shahrida amalga oshirildi.
Politsiya hozirda mazkur paket tarkibi tekshirayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)