Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg joriy yil davomida AQShdagi shu paytgacha o‘zi bo‘lmagan barcha shtatlarga borishni niyat qilgan. Biroq bu tadbirkor davlat xizmatiga saylanishni mo‘ljallayotganini bildirmaydi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ayrimlar bu reja davlat xizmatiga saylanish niyatini anglatishi yoki yo‘qligini so‘raydi. Yo‘q, unday emas. Men o‘z oldimga kishilarning orzu-umidlari, ish va jamiyat haqidagi fikrlari bilan tanishish vazifasini qo‘yganman. Birinchi sayohatlardan so‘ng taassurotlarim haqida so‘rashdi, biroq umumlashtirishni istamayman, chunki har bir shtat boshqasidan ajralib turadi. Garchi hozir qandaydir umumiy jihatlarni ko‘rayotgan bo‘lsam ham”, — deydi Sukerberg Facebook’dagi sahifasida.
Yangi yilda o‘ylangan niyatini amalga oshirayotganini bildirgan Sukerbergni turmush o‘rtog‘i Prissilla bilan birgalikda oldinroq Men, yakshanba kuni esa Rod-Aylend shtatlarida ko‘rishgan.
Izoh (0)