Suriya harbiy-havo kuchlari AQSh shu yil aprel oyida zarba bergan Xoms viloyatidagi Shayrat aviabazasiga qiruvchi samolyotlari va shaxsiy tarkibini qaytarishni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NBC telekompaniyasining AQSh mudofaa vazirligidagi manbalariga ko‘ra, suriyaliklar aviabazadagi tiklash ishlarini qisman yakunladi.
Bu yerga oxirgi kunlar mobaynida Suriya HHKning bir necha Su-22 va MiG-23 qiruvchisi keltirildi. Yaqin orada ular yana parvozlarini boshlashi bildirilmoqda.
Izoh (0)