Orlandodan Buyuk Britaniyaning Bristol shahriga charter reysini amalga oshirayotgan Thomson Airways kompaniyasi samolyoti bortda ikki styuardessa hushidan ketgach, o‘zi uchib chiqqan aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Hodisa 21-may kuni sodir bo‘ldi. 345 yo‘lovchini olib ketayotgan Boeing Dreamliner samolyoti voqea chog‘ida parvozning taxminan 80-daqiqasini o‘tkazayotgan edi. Kutilmaganda salon bo‘ylab g‘alati zaharli hid tarqaldi, u tufayli ba’zi yo‘lovchilarning mazasi qochdi, ikki styuardessa esa hatto, hushini yo‘qotdi.
Ekipaj Orlandoga qaytishga qaror qildi. Qo‘ngandan so‘ng, jabrlangan yo‘lovchilarga va ekipaj a’zolariga kislorodli niqoblar kiydirildi, bir necha kishi esa qo‘shimcha tekshiruv uchun kasalxonaga yetkazildi. Hodisa natijasida hech kimga jiddiy zarar yetmadi.
Izoh (0)