Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov bilan bahsning davomi o‘laroq uning videomurojaatiga javob tayyorlashga va’da berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Navalniyning ta’kidlashicha, Usmonovda aybsizligini isbotlaydigan hech qanday hujjatlar yo‘q.
Shuningdek, u Usmonovdan “layk”lar sonini sun’iy ko‘paytirishni bas qilishni so‘radi, negaki, uning fikricha, bu “jiddiy yondashuv” emas. Ayni paytda Usmonovning Navalniyga videomurojaati 50 ming layk to‘pladi va 3 million marta ko‘rildi.
Ilgariroq Usmonov yana bir videomurojaat e’lon qilib, unda Navalniyni “It yuragi” qissasi (Mixail Bulgakov) qahramoni Poligraf Sharikovga qiyosladi.
Izoh (0)