Jizzaxda maktab va bog‘cha obyektlarini foydalanishga topshirish dalolatnomasiga qo‘l qo‘yib berish uchun pul talab qilgan mansabdorlar qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, viloyat Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining ikki nafar masʼuli Mirzacho‘l tumanining Gulzor mahallasida joylashgan bog‘cha va maktab obyektlarini foydalanishga topshirish dalolatnomasiga qo‘l qo‘yib berish uchun 200 dollar talab qilishgan.

Bu talab maʼqul kelmagan qurilish tashkiloti vakili holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga xabar qilgan. Tezkor tadbirda ushbu shaxslar 5 million so‘m pulni olgan vaqtlarida qo‘lga tushdi.
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, yaʼni firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)